(BOLIVIYA) STADIONDA ROSTDAN HAM RUH KO’RINDIMI?
Приветствую Вас, ГостьRSS
Главная » 2014 » Май » 13 » (BOLIVIYA) STADIONDA ROSTDAN HAM RUH KO’RINDIMI?

Joriy yilning 14 aprelida Boliviyaning La-Pas shahrida joylashgan Hernando Siles stadionida bo’lgan futbol uchrashuvida videokameralarga stadion o’rindiqlari oralab chopayotgan qora sharpa aks etib qolgan.
Bu haqida Daily Mail, Independent, Huffingtonpost kabi dunyoning yetakchi internet nashrlari xabar berdi. Anomal holatlar barchani qiziqtirgan mavzu bo’lgani uchun bu xabar ko’pchilikning e’tiboriga tushdi. Bu xabarning qanchalik haqiqatligini tahlil qilishdan avval, ruh ko’ringan video hamda darakchi.uz saytida bu haqida berilgan xabarni ko’rib chiqsak.
 
 
 
Boliviyadagi futbol uchrashuvi davomida ruh ko‘rindi (darakchi.uz)

Boliviyaning La-Pas shahri futbol muxlislari stadion o‘rindiqlarida ruhni ko‘rishdi. Ushbu mistik voqea televizion kameralar tasviriga tushdi. Hozircha hech kim buni aynan nima ekanligini aytib berolmadi, deya yozadi Mirror nashri. 

Hernando Siles stadionidan uchrashuvni tamosha qilgan futbol muxlislar buni ko‘rishmagan. Biroq ruh video tasvirlarda namoyon bo‘lgan. Videoda ko‘rib turganingizdek, odam shaklidagi qora sharpa muxlislar tanasidan o‘tib ketgan. 

Bunday mistik holat Janubiy Amerikada ilk bor kuzatilayotgani yo‘q. Venesuela futboli muxlislarining aytishicha, ularning jamoasi Ugo Chavesning ruhi maydonda paydo bo‘lganidan so‘ng Kolumbiya ustidan g‘alaba qozongan.

Rost yoki Yolg’on?- Yolg’on

Bu sharpaning arvox ekanligiga ishora- uning stadion bo’ylab muxlislar tanasi va to’siqlardan o’tib ketayotganidir. Vidoeda shunday ko’ringani bilan, aslida u muxlislar tanasi va to’siqlardan o’tmayapti, o’rindiqlar orasidagi yo’lakcha bo’ylab yugurayapti. Quyidagi suratda o’sha yo’lakchani ko’rishingiz mumkin.
 
 
 
Hullas, bu hech qanday arvoh yoki telekamera soyasi emas, shunchaki stadion yo’lakchasi bo’ylab yugurayotgan muxlislardan biri holos. Uning huddi uchayotgaday yugirishi esa videoni tezlashtirish orqali hosil qilingan. 

P.S. "Rost yoki Yolg’on" yangi loyihalarimizdan biri bo’lib, shubhali xabar va mish-mishlarni rost yoki yolg’onligini tahlil qilib borishga harakat qilamiz. Agar sizda ham biron mavzu bo’yicha savol tug’ilsa, turfaolam@list.ru emailiga xabar matni yoki unga ilova yuborishingiz mumkin. 


manba: metabank.org, hoax-slayer.com, dailymail.co.uk

смотреть онлайн


Категория: Разное | Просмотров: 3369 | Рейтинг: 0 | Дата: Душанба | Комментарии (0)
Всего комментариев: 0
avatar

Главная Контакты Правообладателям Обращение к пользователям