Men tilanchi emasman! Meni masxara qilishmasin!
Приветствую Вас, ГостьRSS
Главная » 2014 » Апрель » 4 » Men tilanchi emasman! Meni masxara qilishmasin!


Ештиш Радио uzbek-radio

  

Kafe. Chiqish eshigi oldida.

–Salom!

–Salom…

–Sizdan bir narsa so‘ramoqchi edim. O‘tirib gaplashsak maylimi?

Ayol begona erkakning to‘satdan bergan g‘alati savoliga hayron bo‘lib qoldi. Keyin:

–Xo‘p, tinchlikmi?

–Ha, tinchlik. Uzr o‘zimni tanishtirmabman. Men shu kafening xo‘jayiniman.

–Tanishganimdan hursandman…

Ayol bu erkak undan nima xohlayotganini hamon tushuna olmas edi.

Ular burchakdagi ikki kishilik stolga borib o‘tirishdi. Ofitsiant ikkita choy olib keldi. Kafe xo‘jayini ayoldan so‘radi:

–Biror nima yeysizmi?

–Yo‘q, rahmat. Hozirgina ovqatlandim.

Erkak ofitsiantga ruxsat berdi. Choydan bir ho‘plab, biroz o‘ylandi-da gapini davom etdi:

–Siz to‘g‘rimizdagi universitetda dars berasiz-a?

–Ha, shunaqa.

–Sizdan bir iltimosim bor…

–Xo‘p, eshitaman.

Erkakning kenja o‘g‘li ham shu universitetda o‘qir edi. U ayolga o‘g‘lini tanishtirib, so‘zida davom etdi:

–Bilasizmi, o‘g‘lim sizning faningizni yaxshi o‘zlashtira olmayotgan ekan. O‘zi tirishqoq. Lekin, faqat shu sizning faningizdan sal qiynalib qolibdi…

Ayol suhbat maqsadini tushungandek bo‘lib gapni shart kesdi:

–Xo‘p, unda men unga yordam beraman. Haftaning juma, shanba kunlari tushlikdan so‘ng qo‘shimcha dars o‘tib berishim mumkin!

Erkakning yuz harakatlari o‘zgarib, bazo‘r jilmaydi va davom etdi:

–Siz meni tushunmadingiz… Xullas, agar o‘g‘limni imtihondan o‘tkazsangiz, mana shu kafe siz uchun bir yil davomida bepul xizmat qiladi!

Ayol ham masala nimada ekanligini aniq payqab, gapni ham qisqa qila qoldi:

–Bo‘pti, kelishdik unda. Siz menga o‘g‘lingizning ism-sharifini yozib bering!

Erkakning yuzida kulgu paydo bo‘ldi. Ichida – "bo‘larkan-ku”, deb farzandining ism-sharifini qog‘ozchaga yozib ayolga uzatdi.

O‘rinlaridan turishdi. Xayrlashishdi.

Ayol to‘g‘ri universitet rahbariyati huzuriga yo‘l oldi. Kirishi zahoti qo‘lidagi qog‘ozni ularga ko‘rsatdi. Bo‘lib o‘tgan voqeani aytib berdi va darhol zarur chora ko‘rilishini so‘radi.

So‘ng so‘zini davomladi:

–Men tilanchi emasman! Men o‘zim ham ishlab pul topa olaman! O‘zimning pulimga o‘zim ovqatlana olaman! Meni masxara qilishmasin!..

Bu hikoya emas! Buni men ham o‘ylab topgan emasman. Bu bir afsona. Tillardan tillarga ko‘chib yurgan afsona!

Bu voqea qayerda bo‘lgan, kim bilan bo‘lgan, keyin nima bo‘lgan hech kim bilmaydi. Kimdir bunga ishonadi, kimdir esa yo‘q. Men esa ishonaman! Chunki…

Chunki, menga ta’lim bergan barcha ustozlarim yuqoridagi voqea qahramoni kabi bo‘lishgan. Men haqiqat borligiga ishonaman! U bor! Men uni ko‘rganman! Va u hali juda uzoq yashaydi…



 

смотреть онлайн


Категория: Muhlis Minbari | Просмотров: 2600 | Рейтинг: 0 | Дата: Сешанба | Комментарии (0)
Всего комментариев: 0
avatar

Главная Контакты Правообладателям Обращение к пользователям