Хуш келибсиз, МехмонRSS

Reklama

Onlayn foydalanuvchilar

В Кинотеатре: 99
Безбилетников: 93
Своих: 6
UZHITMEDIA, Татьяна76, AdrianooSep, Armenlukum, ninnorio, AntwanFeri

Турецкий сериалы

Ma`lumot

HotLog
UzRating

O'ZBEKISTON YOSHLARI UCHUN - UZdaewoo,dan YANGICHA KO'RINISH - Spark/Daewoo Matiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 29
avgust kuni istiqlolimizning o‘n to‘qqiz yilligi arafasida
poytaxtimizda qurib bitkazilgan ta’lim muassasalari bilan tanishdi.



Mustaqilligimizning har bir yili yurtimiz tarixi
sahifalariga ulkan bunyodkorlik, yuksak muvaffaqiyatlar yili sifatida
zarhal harflar bilan bitilmoqda. Shahar va qishloqlarimizda barpo
etilayotgan zamonaviy ta’lim, madaniyat, san’at, tibbiyot muassasalari,
korxonalar, uy-joylar, ravon yo‘llar va ko‘priklarni ko‘rgan ko‘z
quvnaydi, yurakda faxr-iftixor hissi ortadi.

Mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan barkamol
avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Farzandlarimiz barkamol, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, buyuk
ajdodlarimizning munosib vorislari bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida doimiy
e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinmoqda.

Insonning ruhiy-ma’naviy kamoloti, tafakkurining
rivojlanishida san’atning, musiqaning o‘rni va ahamiyati g‘oyat
kattadir. Shu ma’noda yoshlarimizning ma’naviyatini yuksaltirish,
ularni teran tafakkur, ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalashda,
qalbi va ongida ona Vatanga muhabbat, milliy an’ana va
qadriyatlarimizga sadoqat tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirishda
musiqa san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyos.




Davlatimiz rahbarining bolalar musiqa va san’at
maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning
faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan
Davlat dasturiga oid qarori farzandlarimizning ma’naviy olami va
madaniy saviyasini yuksaltirish, ularning milliy va jahon musiqa
madaniyatining eng sara namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun
zarur shart-sharoit yaratishda muhim omil bo‘lmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qabul
qilingan "Barkamol avlod yili” Davlat dasturiga muvofiq bu
yo‘nalishdagi ishlarning ko‘lami yanada kengaydi.

Prezidentimiz Islom Karimov 29 avgust kuni
V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik
litseyining kapital rekonstruksiya qilingan o‘quv binosini borib ko‘rdi.

Iqtidorli yoshlarni har tomonlama kamol toptirishni
ta’minlash, boshlang‘ich ixtisoslashtirilgan musiqa ta’limini yanada
takomillashtirish hamda shu asosda musiqa madaniyati va san’at sohasida
yuqori mahoratli kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq joriy
yilda litsey uchun yana bitta yangi o‘quv binosi barpo etildi, sobiq
Respublika musiqa kollejining binosi negizidagi o‘quv korpusi tubdan
qayta ta’mirlandi.

Ushbu musiqa dargohi endilikda 900 o‘quvchiga
mo‘ljallangan 4 o‘quv binosi, 200 o‘rinli yotoqxona va 210 o‘rinli 3
oshxonaga ega bo‘ldi. Barcha o‘quv xonalari 64 nomdagi zamonaviy musiqa
cholg‘ulari va jihozlari bilan ta’minlandi. Litsey musiqiy ta’limning
uzluksizligi va uzviyligini ta’minlovchi 12 yillik ta’lim muassasasi
bo‘lib, 9 yillik maktab va 3 yillik litseydan iborat.

1-9 sinflarda musiqa yo‘nalishida boshlang‘ich
musiqa saboqlarini olgan iqtidorli yoshlar, ushbu ta’lim muassasasining
o‘zida o‘qishni davom ettirish, musiqa sirlarini yanada chuqurroq
o‘rganish va o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarish imkoniga ega
bo‘ladilar.

Bu yerda tashkil etilgan axborot-resurs markazi
musiqa va san’at yo‘nalishidagi 85 mingdan ortiq adabiyot va o‘quv
qo‘llanmalari, elektron axborot ta’lim resurslari, internetga ulangan
kompyuterlar bilan ta’minlangan. Kompyuter sinflari, lingafon xonasi,
fizika, kimyo va biologiya laboratoriyalari mavjud. Litseyda 12
yo‘nalish bo‘yicha musiqiy ta’lim berish imkoniyati yaratilgan.

Davlatimiz rahbari bu yerda o‘quv jarayonida
foydalaniladigan noyob musiqa asbobi – organ va uning ahamiyatiga
alohida to‘xtaldi. Yurtimizda nafaqat milliy musiqachilik, balki jahon
musiqa san’atining ko‘plab yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish,
o‘zlashtirish borasida katta yutuqlarga erishilmoqda. San’atkorlarimiz,
ayniqsa, yosh ijrochilarimizning nufuzli xalqaro tanlov va
festivallarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotgani barchamizga
g‘urur baxsh etadi.




– Mamlakatimizda izchillik bilan amalga
oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi xalqimiz, ayniqsa, yoshlar
qalbida buyuk kelajakka intilib yashash tuyg‘usini mustahkamlashdan
iboratdir, – dedi Prezidentimiz. – Bu bolalarimizni har tomonlama yetuk
va barkamol shaxs, zamonaviy insonlar etib voyaga yetkazishda muhim
ahamiyatga ega.

Yurtimizda madaniyat va san’at, jumladan, musiqa
rang-barangligini ta’minlash doimiy e’tiborda. Zero, ota-bobolarimiz
asrlar mobaynida milliy san’atimizni taraqqiy ettirish bilan bir
qatorda, jahon san’atining ilg‘or namunalarini ijodiy o‘zlashtirgan va
rivojlantirgan. Mamlakatimizning musiqiy ta’lim dargohlarida yurtimiz
kompozitorlari qatorida jahon klassik kompozitorlari yaratgan,
dunyodagi barcha millatlar va xalqlar sevib tinglaydigan ajib kuy va
qo‘shiqlar chuqur o‘rganilayotgani va muntazam taralayotgani ham bu
haqiqatni tasdiqlaydi.

Mustaqillik yillarida zamonaviy o‘zbek san’ati dunyo
miqyosida yanada yuksak obro‘ va e’tibor topayotganida iqtidorli
yoshlarimizning xizmati kattadir. Iste’dod egalarining baland parvozida
ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizda davlat siyosatiga
aylangani muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda birgina mazkur
litsey o‘quvchilari Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya,
Gretsiya, Ruminiya singari ko‘plab davlatlarda o‘tkazilgan nufuzli
xalqaro tanlov va festivallarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni
qo‘lga kiritdi.

– Farzandlarimizning jahon sahnalarida erishayotgan
bunday ulkan muvaffaqiyatlari barchamizga faxr-iftixor, g‘urur
bag‘ishlaydi, ko‘nglimizni ko‘taradi, – dedi Islom Karimov. – Zero, bu
hamma xalqning ham, barcha millatlar farzandlarining ham qo‘lidan
keladigan ish emas. Shunday paytlarda bundan 20 yillar oldin o‘zbek
bolasining nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini, barchani
hayron qoldirib, hayratga solishini tasavvur eta olarmidik, degan savol
xayolimizdan o‘tishi shubhasiz. Bu yutuqlar mustaqilligimiz samarasi
emasmi?!

Prezidentimiz yosh musiqachilarimizga har doim buyuk
ajdodlarimizga munosib bo‘lishga intilishlari, buyuk xalqning farzandi
ekanliklarini chuqur his etgan holda sahnaga chiqishlari lozimligini va
bu ular erishadigan muvaffaqiyatlarning asosiy omili bo‘lishini alohida
ta’kidladi.




Islom Karimov Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga ham tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari dastlab universitet foyesida
"Spark” – Asakadagi avtomobil zavodida 2010 yil avgust oyida ishlab
chiqarila boshlagan yangi rusumdagi zamonaviy yengil avtomobilni
ko‘zdan kechirdi. Ushbu avtomobil 81 ot kuchiga ega bo‘lib, 100
kilometrga 5 litr benzin sarflaydi. Konstruksiyasi yanada pishiq
materiallardan tayyorlangan. U o‘zining texnik tavsiflaridan tashqari
ichki va tashqi dizayni bilan ham avvalgi modellardan keskin farq
qiladi.

Prezidentimiz Islom Karimov "Spark” avtomobiliga o‘z imzosini qoldirdi.

– Bizga mustaqillik shunday ulkan imkoniyatlarni
yaratib berdi, – dedi mamlakatimiz rahbari. – Mana shu avtomobillar
misolida biz ezgu niyatlarimizning ijobatini ko‘ramiz. Ayni paytda biz
milliy avtomobil sanoatimizni rivojlantirishda nazariy jihatlar bilan
cheklanib qolmasdan, bu borada amaliy ishlarga ustuvor ahamiyat
berishimiz, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni zamon
talablari darajasida takomillashtirishga qodir mutaxassislarni
tayyorlashga alohida e’tibor berishimiz lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 27
apreldagi qaroriga binoan tashkil etilgan ushbu oliy o‘quv yurti 1400
talabaga mo‘ljallangan. Bu yerda mashinasozlik texnologiyalari,
avtomobilsozlik, sanoat va xo‘jalik qurilishi, arxitektura va sanoat
dizayni, sanoatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, energetika fakultetlari ochilgan.

Maxsus laboratoriyalarda talabalar dvigatel
konstruksiyalari va texnologiyalarini, detallarni loyihalashtirishni,
avtomobil yig‘ishning texnologik jarayonlarini o‘rganadi. Bevosita
ishlab chiqarishga oid boshqa jarayonlar bilan tanishadi.

Texnopark ham talabalarning amaliy bilimi, ko‘nikma
va tajribasini oshirishga xizmat qiladi. Bu yerda metall quyish, unga
ishlov berish, konstruksiya va detallarning mustahkam va chidamliligini
o‘lchash kabi qator amaliyotlar bajariladi.

Ushbu oliy o‘quv yurtida darslar ingliz tilida olib
boriladi. Talabalarga o‘zbekistonlik o‘qituvchilar bilan birga Turin
politexnika universitetining yetakchi mutaxassislari saboq beradi.

O‘qishdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun
talabalar sport majmuida futbol, basketbol, voleybol, kurash, sambo,
dzyudo, yengil atletika, suzish mashqlari va sportning qator boshqa
turlari bilan shug‘ullanish imkoniga ega.

Universitet bilan tanishuv asnosida mamlakatimiz
rahbari info-kioskka e’tibor qaratdi. E’lonlar, darslar jadvali,
universitet hayotiga oid yangiliklar bilan mana shu elektron qurilma
orqali tanishish mumkin. Talabalar uning yordamida kutubxonadan
tegishli kitobni olish uchun buyurtma berish imkoniyatiga ham ega.
Uning dasturi universitetning o‘zida ishlab chiqilgani diqqatga
sazovordir.

– Biz axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng
foydalanish barobarida kompyuter dasturlari ishlab chiqishni yanada
kengroq o‘zlashtirmog‘imiz darkor, – dedi Islom Karimov.

Prezidentimiz universitetdagi o‘quv va amaliy ta’lim
jarayonlari bilan tanishdi, talabalarning bilim va tajribasini yanada
oshirish yuzasidan zarur maslahatlar berdi.

– Toshkentda Turin politexnika universitetining
ochilishi ertangi kunimiz, buyuk kelajagimiz sari qo‘yilgan yana bir
muhim qadamdir, – dedi mamlakatimiz rahbari. – Bu dargohdan
avtomobilsozlikning yetuk mutaxassislari, ayni paytda qator boshqa
muhim sohalarda o‘z kasbining mohir ustalari bo‘lgan zamonaviy kadrlar
yetishib chiqadi. O‘zbekistonda zamonaviy oliy o‘quv yurtlari ko‘p.
Lekin bu dargoh reyting jihatidan Italiyada birinchi va Yevropada
yettinchi o‘rinda turadigan Turin politexnika universiteti standartlari
bo‘yicha ta’lim beradigan o‘ziga xos yagona ta’lim maskanidir.

Mamlakatimiz rahbari dunyoning atigi 18 mamlakatida
yengil avtomobillar uchun dvigatellar tayyorlanishini, General Motors
korporatsiyasi bilan hamkorlikda yurtimizda barpo etilayotgan motor
zavodi ishga tushishi bilan O‘zbekiston ham bu davlatlar qatoridan
mustahkam o‘rin olishini ta’kidladi.




Turindagi universitet huzurida Fiat, GM, AlItalia,
Compaq, Ferrari, IBM, Michelin, Microsoft, Motorola, Nokia, Philips,
Pirelli, Siemens
kabi yirik korporatsiyalarning texnoparklari mavjud.
Demak, Toshkentdagi universitet talabalari ularning tajriba va
ishlanmalari, yutuqlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu
nafaqat avtomobilsozlik, balki sanoatning yuqori texnologiyali boshqa
tarmoqlari va dizayn sohasida ham O‘zbekistonning salohiyatini
oshirishga xizmat qiladi.

Поделиться новостью с Друзьями:
Новости Muallif: kinochi Ko'rilgan: 2700 Yuklangan: 2014-04-23 Kuchirish
Всего комментариев: 7
0
pulini yozingla ko`tlaa

Izoh joylandi: 2010-11-29 | Izoh raqami: [7]
0
xa go`ttinga skin sanlani

Izoh joylandi: 2010-11-29 | Izoh raqami: [6]
Добавил: tiger
0
super yaxhi avtomobil

Izoh joylandi: 2010-09-05 | Izoh raqami: [5]
Добавил: Batya_177
0
aloooooooooooo buxali KOreada hali bor UZB ga

Izoh joylandi: 2010-09-03 | Izoh raqami: [4]
Добавил: nozanin
0
uz-kino janoblari hamma ma'lumotlani etibsizi lek narxi qanaqaligini etmabsizu?

Izoh joylandi: 2010-09-03 | Izoh raqami: [3]
Добавил: MC_Oybek
0
SuPeR :)

Izoh joylandi: 2010-09-02 | Izoh raqami: [2]
Добавил: romeo99
0
qor

Izoh joylandi: 2010-09-02 | Izoh raqami: [1]
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]