|
Mеню Кинолар Mini-Chat Biz bilan aloqa |
![]()
Hikoya qilinadiki, Zakariyo alayhissalom odamlarga va'znasihat qilish uchun o‘tirsalar, atroflariga qarar ekanlar. Agar o‘g‘illari Yahyo alayhissalomni ko‘rmasalar, azob oyatlarini zikr qilar ekanlar. Agar o‘g‘illarini ko‘rsalar, o‘g‘illari do‘zaxdagi azoblarni eshitishni ko‘tara olmasligi sababli bunday oyatlarni zikr qilmas ekanlar. Kunlarning birida va'znasihat qilayotganlarida qavmiga nazar solibdilar va o‘g‘illari Yahyoni ko‘rmabdilar. Holbuki, Yahyo alayhissalom odamlarning orasida bo‘lib, olomon ko‘pligi bois otalaridan to‘silib turgan edilar. Zakariyo alayhissalom yig‘lagan hollarida azob oyatlarini zikr qila boshladilar: «Menga Jabroil alayhissalom so‘zlab berdilarki, jahannamda Sakron nomlik tog‘ bo‘lib, uni etagida G'azbon vodiysi bor. U Allohning g‘azabidan yaratilgandir. Vodiyda olovli quduqlar bo‘lib, ularning har birining chuqurligi ikki yuz yillik masofaga teng». Yahyo alayhissalom bularni eshitgan vaqtlarida o‘rinlaridan turib, chiqib ketdilar. «Oh Sakron! Oh G'azbon!» deya tinimsiz yig‘lardilar. Zakariyo alayhissalom ayollari bilan farzandlarining ketidan chiqdilar, ammo topa olmadilar. Ular bir cho‘ponni uchratib, undan: «Shundayshunday sifatli bolani ko‘rmadingmi?» deb so‘raganlarida: «Sizlar Yahyoni qidiryapsizlarmi?» dedi. «Ha», deyishdi. Cho‘pon: «U tog‘ning etagida qoldi va: «Borar manzilim jannat yoki do‘zax ekanini bilmagunimcha yemayman ham, ichmayman ham», demoqda», deb xabar berdi. Ular Yahyo alayhissalom oldiga borsalar, u nolai fig‘on qilayotgan ekan. Shunda onalari: «Ey farzandim, falon muddat qornimda ko‘tarib yurganim haqqi oldimizga kelgin va biz bilan birga uyga borgin», dedilar. Yahyo alayhissalom otaonalarining oldiga keldilar va ular birga uyga ketishdi. Otalari u kishiga: «Ey Yahyo, ustingdagi kanobdan to‘qilgan bu kiyimni yechib, ushbu to‘nni kiygin» dedilar. Yahyo alayhissalom to‘nni kiydilar. Onalari yasmiq donidan sho‘rva qilib berdilar. Yahyo alayhissalom sho‘rvani ichdilar. Uyqu g‘olib kelib uxlagan vaqtlarida tushlarida bir nido eshitdilar: «Ey Yahyo, mening dargohimdan ham yaxshiroq joy topdingmi? Mendan ham yaxshiroq qo‘shni topdingmi?». Yahyo alayhissalom qo‘rqib, yig‘lagan hollarida uyg‘ondilar va aytdilar: «To‘ningizni oling, menga o‘sha kanobdan to‘qilgan kiyimni beringlar. Sizlar mening halok bo‘lishimni xohlayapsizlarmi?», dedilar. Zakariyo alayhissalom: «O'g‘limni o‘z holiga qo‘yinglar», dedilar. U kishi ibodatlarda qattiq kirishgan vaqtlarida, Alloh Zakariyo alayhissalomga: «Albatta, Men sizlarga do‘zaxni harom qildim», deya vahiy qildi. Shundan keyingina qalblari xotirjam bo‘lib, ibodatga yanada qattiq kirishdilar. Alloh taolo Qur'oni karimda shunday deydi: «Darhaqiqat, ular (ya'ni, mazkur payg‘ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag‘bat va qo‘rquv bilan duoiltijo qilar edilar. Ular Bizga ta'zimitoat qilguvchi edilar» (Anbiyo surasi, 90oyat).
| ||||||||||||
![]() ![]() Kino ko'rsatmayabdimi?U holda Shu Yerga bosing va ishlamayotgan kinoning to'liq nomini yozib qoldiring.
Filmlar, Kliplar va boshqa Fayllarni Ko'chirib/Download qilib olmoqchi bo'lsangiz: Internet Download Manager ni sizga Tavsiya etamiz!
Diqqat ! Serverdagi Nosozliklar Tufayli Ayrim Kinolar Faqat (Mozilla Firefox) Brauzerida Ko'rsatayabdi. Тури: Ислам фильмы | Курилган: 1173 | Сана: 2010-01-02 | Рейтинг: 0 |
|
Kirish/Chiqish
Новые мультфильмы Tafsiya etish Savollar TV - Online
Malumot
| ||||||||||||
© Copyright "UZ-KINO.COM" 2010-2012